https://oz.sputniknews.uz/20240723/eik-loyiha-moliyalashtirish-ariza-44912343.html
YeIK hamkorlik loyihasini moliyalashtirish uchun birinchi arizani ko‘rib chiqdi
YeIK hamkorlik loyihasini moliyalashtirish uchun birinchi arizani ko‘rib chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Loyiha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha Ittifoq mamlakatlari korxonalarining hamkorlikda ishtirok etishini nazarda tutadi. 23.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-23T18:40+0500
2024-07-23T18:40+0500
2024-07-23T18:40+0500
iqtisod
yeik
yeoii
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/17/44907636_0:61:1400:849_1920x0_80_0_0_05172b188332cc1f397c16187dd44c29.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hamkorlik loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha birinchi arizani ko‘rib chiqdi, uni “Gazprombank” Rossiyaning “Titan Polimer” kompaniyasi uchun taqdim etdi, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan raisligida Sanoat bo‘yicha maslahat qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) budjeti hisobidan sanoat kooperatsiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatishning yangi mexanizmida ishtirok etish uchun biznes vakillarining birinchi murojaati ko‘rib chiqildi.Loyiha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha YeOII mamlakatlari korxonalarining hamkorlikda ishtirok etishini nazarda tutadi.Bundan tashqari, ishtirokchilar YeOII davlatlari o‘rtasida rangli metallurgiya sohasida integratsion hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Ittifoq mamlakatlari ushbu soha rivojlanishining tahliliy sharhini tasdiqlashdi.Unda jahon bozori va Ittifoqning rangli metallar bozoridagi joriy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘rta muddatli istiqbolda ularning rivojlanishi prognozlari, qo‘shma loyihalar misollari bilan YeOIIda ushbu va turdosh tarmoqlarda kooperativ hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy olgan. Hujjatda rangli metallurgiyada yashil kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha ham ma’lumotlar mavjud.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/17/44907636_94:0:1306:909_1920x0_80_0_0_f3dbc966f68e599e107aae916e1716ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yeik, yeoii
YeIK hamkorlik loyihasini moliyalashtirish uchun birinchi arizani ko‘rib chiqdi
Loyiha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha Ittifoq mamlakatlari korxonalarining hamkorlikda ishtirok etishini nazarda tutadi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hamkorlik loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha birinchi arizani ko‘rib chiqdi, uni “Gazprombank” Rossiyaning “Titan Polimer” kompaniyasi uchun taqdim etdi, deb xabar berdi YeIK
matbuot xizmati. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan raisligida Sanoat bo‘yicha maslahat qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) budjeti hisobidan sanoat kooperatsiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatishning yangi mexanizmida ishtirok etish uchun biznes vakillarining birinchi murojaati ko‘rib chiqildi.
Loyiha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha YeOII mamlakatlari korxonalarining hamkorlikda ishtirok etishini nazarda tutadi.
“Loyiha Ittifoq mamlakatlari o‘rtasida texnologik jihozlar, masalan, elektr, qozonxona va yong‘inga qarshi uskunalar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Uning amalga oshirilishi natijasida kimyo sanoatida import o‘rnini bosuvchi zamonaviy kompleks yaratiladi”, — dedi Barsegan.
Bundan tashqari, ishtirokchilar YeOII davlatlari o‘rtasida rangli metallurgiya sohasida integratsion hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Ittifoq mamlakatlari ushbu soha rivojlanishining tahliliy sharhini tasdiqlashdi.
Unda jahon bozori va Ittifoqning rangli metallar bozoridagi joriy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘rta muddatli istiqbolda ularning rivojlanishi prognozlari, qo‘shma loyihalar misollari bilan YeOIIda ushbu va turdosh tarmoqlarda kooperativ hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy olgan. Hujjatda rangli metallurgiyada yashil kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha ham ma’lumotlar mavjud.