O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 170 foizga oshdi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliI.o. zamestitelya ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan Shoxrux Gulamov provol vstrechu s delegatsiyey Tailanda
I.o. zamestitelya ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan Shoxrux Gulamov provol vstrechu s delegatsiyey Tailanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2024
Obuna bo‘lish
Tailand tomoniga O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejim taqdim etgani uchun minnatdorlik bildirildi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Joriy yilning 19-iyul kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Shohrux Gulamov Tailand Tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi o‘rinbosari Busadi Santipitaks boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya tarkibida Tailandning Samitivej Hospital, PTT Oil and Retail, Thai President Food, Siang Heng, Marine Tech International, CTI Logistics va Anita Silk Company kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bor edi.
Tailand tomoniga O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejim taqdim etgani uchun minnatdorlik bildirildi.
“Ijobiy natijalar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda – joriy yilning birinchi yarmida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 170 % ga oshdi. Yaqin kelajakda qo‘shma investitsiya loyihalari sonini ko‘paytirish va tovar ayirboshlash hajmini $500 mlnga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqish kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
gorod Viang Kum Kam v Chiangmae, Tailand. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2024
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi
Yangiliklar lentasi
0