https://oz.sputniknews.uz/20240721/kuvayt-kompaniyasi-qashqadaryo-investitsiyaviy-loyihalar-44884772.html
Kuvayt kompaniyasi Qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchi
Kuvayt kompaniyasi Qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Kuvayt kompaniyasi Qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchi
2024-07-21T10:28+0500
2024-07-21T10:28+0500
2024-07-21T10:28+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qashqadaryo
kuvayt
hamkorlik
investitsiya
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1e/43666637_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_2ed48f75383e0e2c621424a818d8b748.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kuvaytning "Gulf General Trading Co. Ltd." kompaniyasi ishchi guruhining Qashqadaryo viloyatiga ishchi safari uyushtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.Tashrif chog‘ida Kuvayt kompaniyasi delegatsiyasi Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar avvalida hokim Murotjon Azimov kuvaytlik investorlarga viloyatda amalga oshirilayotgan va xorijiy investorlarga taklif etilayotgan yangi loyihalar haqida so‘zlab berdi.Uchrashuv davomida turli sohalardagi investitsion loyihalar, jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash tizimida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy aholini sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlash imkoniyatlari va umumiy sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
https://oz.sputniknews.uz/20240407/ozbekiston-va-kuvayt-ortasida-ishlab-chiqilayotgan-hujjatlar-loyihalari-muhokama-qilindi-43325023.html
o‘zbekiston
kuvayt
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1e/43666637_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_9b0f74572bf9c84cfe70a35e52349ad0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kuvayt kompaniyasi qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchi
kuvayt kompaniyasi qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchi
Kuvayt kompaniyasi Qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchi
Kuvayt kompaniyasi delegatsiyasi Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kuvaytning "Gulf General Trading Co. Ltd." kompaniyasi ishchi guruhining Qashqadaryo viloyatiga ishchi safari uyushtirildi, deb
xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Tashrif chog‘ida Kuvayt kompaniyasi delegatsiyasi Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar avvalida hokim Murotjon Azimov kuvaytlik investorlarga viloyatda amalga oshirilayotgan va xorijiy investorlarga taklif etilayotgan yangi loyihalar haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv davomida turli sohalardagi investitsion loyihalar, jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash tizimida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Kuvaytlik investorlar Qashqadaryo viloyatida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va nogironlikni erta aniqlash, ayniqsa, onkologiya, yurak-qon tomir va qandli diabet kasalliklariga to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiy laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni bildirdi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy aholini sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlash imkoniyatlari va umumiy sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.