Olti oyda 236 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan — Bosh prokuratura

© Generalnaya prokuratura Respubliki UzbekistanSostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora
Sostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2024
Obuna bo‘lish
Majlisda 2024-yilning 1-yarmidagi natijalar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Kecha, 19-iyul kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan hay’at majlisida 2024-yilning 1-yarmidagi natijalar ko‘rib chiqildi.
© Generalnaya prokuratura Respubliki UzbekistanSostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora
Sostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2024
Sostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora
Ta’kidlanishicha, 2024-yilning 6 oyida prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 102 mingga yaqin nazorat hujjatlari qo‘llanilib, 236 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilganligi aniqlangan 1,8 trln so‘mlik zararning undirilishi ta’minlangan.
Qariyb 8 ming nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, 15 ming nafardan ortig‘iga muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashilgan.
Budjet tushumlari prognozi ijrosi yuzasidan kundalik nazorat o‘rnatilib, 84,2 trln so‘mlik reja 85,7 trln so‘mga yoki 102 foizga bajarilishi hamda budjetga qo‘shimcha 9,6 trln so‘mlik tushumlar tushirilishi ta’minlangan.
© Generalnaya prokuratura Respubliki UzbekistanSostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora
Sostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2024
Sostoyalos rasshirennoe zasedanie kollegii pod predsedatelstvom generalnogo prokurora
Yig‘ilishda prokurorlar tomonidan dolzarb yo‘nalishlarda, jumladan yoqilg‘i-energetika, qurilish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kabi sohalarda amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar alohida o‘rin egalladi. Yoqilg‘i-energetika sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan qariyb 50 mingta reyd tadbirlari davomida 48 mingdan ortiq noqonuniy holatlar fosh etilib, 217 mlrd so‘m zarar undirilgan.
Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu borada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida o‘zboshimchalik bilan egallanganligi aniqlangan 1 442 gektar yer maydonlari zaxirasiga qaytarilishi ta’minlangan, shuningdek, 1 752 gektar yer maydonlarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 961 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0