YeOII fond birjalari savdo hajmini oshirdi

© Sputnik / Asatur Yesayans / Mediabankka o‘tishZasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Saxkadzore
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Saxkadzore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2024
Obuna bo‘lish
Savdo hajmida o‘sish bo‘yicha yetakchilar Armaniston va Qirg‘iziston fond birjalari bo‘ldi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) fond birjalari 2024-yilning ikkinchi choragida savdo hajmini oshirdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
2024 yilning ikkinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdo hajmida o‘sish bo‘yicha yetakchilar Armaniston va Qirg‘iziston fond birjalari bo‘ldi.
Qozog‘iston fond birjasi Astana International Exchange (AIX) savdo hajmini 3,3 barobarga oshirdi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining boshqa davlatlarining fond bozorlari o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatdi.
Tovar birjalarida ham savdolar hajmining o‘sishi kuzatildi, “Yevroosiyo savdo tizimi” Tovar birjasi” AJ (Qozog‘iston) bundan mustasno. Neft mahsulotlari narxlari indekslari o‘sdi, turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari dinamikasi ko‘p yo‘nalishliligicha qoldi.
O‘zbekiston YeOII doirasida o‘z manfaatlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ladi – Pritchin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2024
Matbuot markazi
O‘zbekiston YeOII doirasida o‘z manfaatlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ladi — Pritchin
Yangiliklar lentasi
0