https://oz.sputniknews.uz/20240718/tibbiyot-chiqindilaridan-muqobil-issiqlik-energiyasi-44850340.html
O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
2024-07-18T14:53+0500
2024-07-18T14:53+0500
2024-07-18T14:53+0500
o‘zbekiston
prezident qarori
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0b/41496346_0:129:3186:1921_1920x0_80_0_0_b564c2e8a629235b05dca2405a70c5a4.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investor, loyiha kompaniyasi va hukumat nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi. 2024-yil 1-avgustdan: Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilarini loyiha kompaniyasiga to‘liq yetkazib berish bo‘yicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0b/41496346_228:0:2959:2048_1920x0_80_0_0_0bb9c02affe6bdb0fb91c3aa8f7bf6a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
o‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi
Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, “Sayar LLC” kompaniyasi (investor) tomonidan “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi doirasida “Sayar green” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona ta’sis etilgan.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investor, loyiha kompaniyasi va hukumat nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.
tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda loyiha kompaniyasiga topshiriladi;
loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta’minlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.
Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilarini loyiha kompaniyasiga to‘liq yetkazib berish bo‘yicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi.