Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyeyeva (sleva) s poslom Katara v Uzbekistane Xasanom Xamzoy Xashimom (sprava).
Saida Mirziyeyeva (sleva) s poslom Katara v Uzbekistane Xasanom Xamzoy Xashimom (sprava). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2024
Obuna bo‘lish
Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilindi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha, 17-iyul kuni, Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva Telegram-kanalida xabar berdi.
“Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildik”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
Ta’kidlanishicha, muloqotda, xususan, afg‘onistonlik qizlarni Termiz shahrida o‘qitish loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish bo‘yicha grant o‘rinlarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2024
Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0