Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Videoko‘prik: Gruziyaning geosiyosiy diversifikatsiyasida Markaziy Osiyoning o‘rni — video

Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida "Gruziyaning geosiyosiy diversifikatsiyasida Markaziy Osiyoning o‘rni" mavzusida Tbilisi, Toshkent va Bishkek ekspertlari ishtirokida videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Dunyo tartibi o‘zgarayotgan sharoitda xalqaro munosabatlarning mintaqaviylashuv tendensiyasi rivojlanmoqda. Siyosiy ta’sirning o‘zgarishi va yangi global kuch markazlarining o‘sishi tufayli, kichik davlatlar o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zlarining geosiyosiy strategiyalarini birlashtirishi imkoni paydo bo‘lmoqda.
Gruziya va Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston) o‘zaro aloqalarini kuchaytirmoqda. Gruziya o‘z hududi orqali tovarlar olib o‘tishdan tushadigan investitsiyalar va soliq to‘lovlaridan manfaatdor, Markaziy Osiyo respublikalari esa Sharq-G‘arb tranzit yo‘lidan yuk tashishdan manfaatdor.
Xitoy, Rossiya va Hindiston kabi global kuch markazlari uchun Gruziya va Markaziy Osiyo davlatlarining geosiyosiy ahamiyati qanday? Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo makonlarining integratsiyalashuvining mohiyati nimada? Ko‘p qutbli dunyoda bu munosabatlar qanday rivojlanish ssenariylariga ega?
Videoko‘prik ishtirokchilari jurnalistlarning ushbu va boshqa dolzarb savollariga javob berdi.
Ishtirokchilar:
Tbilisidan – siyosatshunos, "SIKHA Foundation" asoschisi Archil Sixarulidze.
Toshkentdan – "Norma" kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayev.
Bishkekdan – siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi Alina Moldokeyeva.
Yangiliklar lentasi
0