Malayziya samolyotini urib tushirganlarni topib jazolash kerak — DXR rahbari

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishDoklad Soveta bezopasnosti Niderlandov po prichinam krusheniya Boeing 777
Doklad Soveta bezopasnosti Niderlandov po prichinam krusheniya Boeing 777 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2024
Obuna bo‘lish
Uning ta’kidlashicha, bu jinoyat "Ukraina rejimining terrorchi yuzining xalqaro ko‘lamini" ko‘rsatadi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. MH17 fojiasining 10-yilligi kunida DXR rahbari Denis Pushilish ushbu halokat Ukrainaning terrorchi rejimi DXR va Rossiyani ayblash uchun har qanday provokatsiyaga tayyorligini va ularni xalqaro miqyosdagi terrorchilar himoya qilayotganini ta’kidladi.

“Bugun biz qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. Biz ushbu fojia borasida qurbonlarning yaqinlari singari haqiqat o‘rnatilishini istaymiz. Bizning vazifamiz bu jinoyat aybdorlarni topish va jazolashdir”, — dedi Pushilin.

Malayziya havo yo‘llarining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilayotgan Boeing 777 samolyoti 2014-yilning 17-iyul kuni Ukraina sharqida raketa bilan urib tushirilgan edi. Fojiada 298 kishi qurbon bo‘lgan.
Fojiadan so‘ng xorijiy OAVlar darhol DXR va Rossiyani ayblashga tushishdi, lekin Rossiya ushbu kabi raketalar faqat Ukraina Qurolli kuchlarida borligini va topilgan raketa seriya raqami ham aynan UQKga tegishli ekanini isbotlab bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0