Shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi

© photogoroda.com/MACTAKPamatnik Ajiniyaza Kosibay-uli v gorode Nukus, Karakalpakstan
Pamatnik Ajiniyaza Kosibay-uli v gorode Nukus, Karakalpakstan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2024
Obuna bo‘lish
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining Mo‘ynoq tumanidagi qabri obodonlashtiriladi.
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200-yilligi keng nishonlanadi. “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Shoir tavalludining 200-yilligini nishonlash hamda uning ijodiy merosini keng targ‘ib qilish bo‘yicha quyidagi vazifalarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi, jumladan:
shoirning “Tanlangan asarlar” to‘plamini o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish;
shoirning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmini yaratish va ularning taqdimotlarini uyushtirish;
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyini tashkil qilish;
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining Mo‘ynoq tumanidagi qabrini obodonlashtirish va unga yodgorlik o‘rnatish, mazkur tumanda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nomidagi ekopark barpo etish;
2024 yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi hamda Berdaq nomidagi davlat akademik teatrlarida shoir tavalludining 200-yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalarini tashkil etish.
Ma’lumot uchun, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li 1824-yilda Mo‘ynoq tumanida tug‘ilib, 1878-yilda vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0