Surxondaryo va Chelyabinsk o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Chelyabinsk
Goroda Rossii. Chelyabinsk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2024
Obuna bo‘lish
Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Ivan Kutsevlyak va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rtasida muzokaralar uyushtirildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Safar davomida Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Ivan Kutsevlyak va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rtasida muzokaralar uyushtirildi. Unda tomonlar sanoat, turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
© IA "Dunyo"Mejregionalnie svazi Surxandarinskoy i Chelyabinskoy oblastey aktiviziruyutsya
Mejregionalnie svazi Surxandarinskoy i Chelyabinskoy oblastey aktiviziruyutsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2024
Mejregionalnie svazi Surxandarinskoy i Chelyabinskoy oblastey aktiviziruyutsya

Ivan Kutsevlyak Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining o‘zaro ishonchli strategik muloqotlari tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqarorlikni namoyon etib, faol rivojlanayotganini ta’kidladi. Chelyabinsk viloyati Rossiyaning barcha hududlari orasida O‘zbekistonga xomashyo va energiya resurslar bo‘lmagan mahsulotlar eksport hajmi bo‘yicha Moskvadan keyin ikkinchi o‘rinda turishi qayd etildi.

Bundan tashqari, Surxondaryo va Chelyabinsk viloyatlari tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar yakunida, tadbirkorlar ikki tomonlama savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishdilar.
Chelyabinsk viloyati va O‘zbekistonni azaldan do‘stona munosabatlar bog‘lab turadi — Mixail Knaub - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2024
Chelyabinsk viloyati va O‘zbekistonni azaldan do‘stona munosabatlar bog‘lab turadi — Knaub
Yangiliklar lentasi
0