Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Gerasimov Urojaynoyeni ozod qilishda ishtirok etganlarga davlat mukofotlarini topshirdi

Obuna bo‘lish
Gerasimov general-leytenant Aleksandr Sanchikning hisobotini tingladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vostok” guruhiga navbatdagi vazifalarni belgilab berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Natijalarni sarhisob qilar ekan, Bosh shtab boshlig‘i “Vostok” guruhining Urojaynoe aholi punktini ozod qilishda erishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidladi va kelgusidagi harakatlar bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi”, — deyiladi xabarda.
Gerasimov “Vostok” qo‘shinlari guruhi qo‘mondonlik punktiga tashrif buyurdi va guruh qo‘mondoni general-leytenant Aleksandr Sanchikning hisobotini tingladi.
Bosh shtab boshlig‘i Urojaynoyeni ozod qilishda o‘zini ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirdi, ularga janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng u qishloqni egallashda qatnashgan ofitser va askarlar bilan suhbatlashdi, ular tayyorgarlik va hujum qanday amalga oshirilganini aytib berishdi.
Gerasimovga guruh bo‘linmalari tomonidan hujum harakatlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan robotlashtirilgan jangovar tizimlar namunalari ham taqdim etildi.
Rossiyskie voyennie. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari DXRda Urojaynoyeni ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0