Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekistonning YeOII tomon harakatlanishi bu strategik qaror – ekspert

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Geografiya qonunlarini o‘zgartirib bo‘lmaydi — yaqin qo‘shni bilan biznesni rivojlantirish minglab kilometr uzoqdagi ulkan davlatdan hamisha qulayroq bo‘ladi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev "Markaziy Osiyo davlatlarining YeOII doirasidagi iqtisodiy integratsiya strategiyalari va istiqbollari” mavzusidagi "Toshkent – Bishkek" videoko‘prigida o‘z fikrlarini bildirdi.

Geografiya qonunlarini o‘zgartirib bo‘lmaydi

Aholisi 5 million bo‘lgan Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan tashqi savdosi hajmi aholisi 70 milliondan ortiq va iqtisod hajmi bo‘yicha dunyoda 4-5-o‘rinda turadigan Germaniyaga qaraganda ko‘proqdir.
Bu bir narsani ko‘rsatadi – geografiya qonunlarini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Demak, yaqin qo‘shni, yonimizda joylashgan qo‘shni davlat biznes uchun, biznesni rivojlantirish uchun 1000lab kilometr uzoqdagi ulkan yirik iqtisodiyotlardan hamisha qulayroq bo‘ladi. Bu qonun.
Hozir Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yirik Qambarota GESni birgalikda qurish haqida shartnoma imzoladi. Bu so‘nggi 30-yil ichida, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng birgalikda amalga oshirilayotgan birinchi qo‘shma tajribadir. Ushbu GESning qurilishi Norin darosida energiya va sug‘orish rejimlarini optimallashtirish va sinxronlashtirish imkonini beradi. Bu juda muhim, deydi ekspert.
Undan tashqari, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladik. Kuzda moliyalashtirish masalalari hal bo‘lgan, yo‘nalish masalalari esa allaqachon hal qilingan. Biz hozir amalga oshirish bosqichiga o‘tmoqdamiz. Ya’ni mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar darajasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikda juda jiddiy yutuqlar bor.
Sanoat kooperatsiyasi haqidagi fikrlar real mazmun bilan to‘ldirila boshlandi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida bir qancha qurilish, to‘qimachilik korxonalarimiz rivojlanmoqda va bundan keyin ham rivojlanib boradi.

Shuning uchun, menimcha, O‘zbekistonning YeOII tomon harakati subyektiv, vaqtinchalik vaziyatga bog‘liq qaror emas. Bu qabul qilingan, strategik qaror. Endi hamma gap bu jarayonning sur’atiga bog‘liq, deydi mutaxassis.


Baxtiyor Ergashev O‘zbekiston ayni damda YeOIIga kuzatuvchi davlat sifatida o‘z qonunchiligini uyushma bilan muvofiqlashtirish jarayonini olib borayotgani va barchasini uyg‘unlashtirish uchun vaqt kerak bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, "Ma’no" markazi direktori kengayish masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondashish muhimligini ta’kidladi va qator uyushmalarning salbiy tajribasini misol keltirdi.
Ekspertning to‘liq fikr va mulohazalari bilan batafsil videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0