https://oz.sputniknews.uz/20240715/stomatologiya-xizmat-xususiy-klinika-44806101.html
Stomatologiya xizmatlarining 91 foizi xususiy klinikalarda ko‘rsatilmoqda — SSV
Stomatologiya xizmatlarining 91 foizi xususiy klinikalarda ko‘rsatilmoqda — SSV
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi. 15.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-15T09:00+0500
2024-07-15T09:00+0500
2024-07-15T10:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/16/42137712_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_96b967724ab810577339eb62c9b6d984.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarining 91 foizi xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Qayd etilishicha, so‘nggi 8-yilda mamlakatda xususiy shifoxonalar 2,7 barobarga ko‘payib, ular soni 3 200 tadan 8 800 taga yetdi. Ularning soni har yili o‘rtacha 500-600 taga ortmoqda.Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1532 tasida statsionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi.Qolaversa, ayni paytda barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni so‘nggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida statsionar shifo o‘rinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024-yilda 42 744 tani tashkil etmoqda.Laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/16/42137712_204:0:2935:2048_1920x0_80_0_0_9d907b758f5a1f146a63d29598796c88.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), tibbiyot muassasi
jamiyat, o‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), tibbiyot muassasi
Stomatologiya xizmatlarining 91 foizi xususiy klinikalarda ko‘rsatilmoqda — SSV
09:00 15.07.2024 (yangilandi: 10:30 15.07.2024) Sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarining 91 foizi xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, so‘nggi 8-yilda mamlakatda xususiy shifoxonalar 2,7 barobarga ko‘payib, ular soni 3 200 tadan 8 800 taga yetdi. Ularning soni har yili o‘rtacha 500-600 taga ortmoqda.
Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1532 tasida statsionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi.
Qolaversa, ayni paytda barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan o‘rin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni so‘nggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida statsionar shifo o‘rinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024-yilda 42 744 tani tashkil etmoqda.
“Albatta, bunday ijobiy o‘zgarishlar tufayli bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida nodavlat tibbiyotning ulushi 30 foizga yetdi”, — deyiladi xabarda.
Laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilmoqda.