Orzugacha 11 ball: samarqandlik abituriyent diplomat bo‘lishga qanday tayyorlanmoqda

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Samarqandlik abituriyent kirish imtihonidan oldin 178 ball to‘pladi.
O‘n sakkiz yoshli samarqandlik Ramziddin Eliboyev yaqinda maktabni a’lo baholar bilan tugatdi. Maktabdanoq u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirishni orzu qilar edi. Ingliz tilini o‘rganish ishtiyoqi besamar ketmadi: 2022-yilda u B2 darajali sertifikatni oldi.
U tarixga ham qiziqqani sabab bu fanni mustaqil ravishda o‘rganar, turli tarixiy kitoblarni o‘qir edi. Bu unga turli nafaqat turli olimpiadalarda g‘olib bo‘lishga, balki bu fan bo‘yicha milliy sertifikatga ega bo‘lish imkonini berdi. Bu yil Ramziddin ona tilidan bilimlarini sinab, yana bir milliy sertifikatga ega chiqdi.
Shu tariqa, u JIDUga o‘qishga kirishda majburiy bo‘lgan fanlar bo‘yicha uchta sertifikat yig‘indisi bilan 178 ball to‘pladi.
O‘tish balliga bor-yo‘g‘i 11 ball yetmaydi, xolos. Imtihonda u faqat matematikadan masalalarni yechsa kifoya.
Yaxshi natija ko‘rsatsa, budjetga o‘qishga kiradi. Kontrakt asosida o‘qishga unga 6 ball yetmaydi.
Ramziddinning otasi – geolog, onasi esa shifokordir. Ular o‘g‘illarining diplomat bo‘lish qarorini qo‘llab-quvvatlashadi.
Kechagina maktab o‘quvchi bo‘lgan Ramziddinga ish topishga nima yordam berdi, u abituriyentlarni qanday oliygohga tayyorlamoqda – batafsil videomizda.
Yangiliklar lentasi
0