Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Qanotli aviabomba qanday ishlaydi — video

Obuna bo‘lish
Qanotli aviabombalar ishlab chiqarish raketaga qaraganda o‘nlab barobar arzon va tez. Rossiya bunday bombalarni juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Universal uchish moduli bilan jihozlangan FAB-3000 aviabombalari ishlab chiqarish raketalarga nisbatan o‘nlab marotaba tez va arzon, dedi Rossiya Havo-kosmik qo‘shinlari uchuvchisi.
"Bombaning o‘z dvigateli yo‘q, u faqat qanotlarga tayangan holda uchadi. Ya’ni u qanchalik yuqori balandlikdan tashlansa, shuncha uzoqqa yetib boradi. Bu asosiysi. Bu raketa ishlab chiqarishdan ko‘ra o‘nlab marotaba arzon va tez.
Ablatta, bu holat ustunlik beradi. Biz bunday bombalarni juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarishni o‘rganib olganimiz juda yaxshi bo‘ldi. Bu, albatta, janglar natijasiga ta’sir qiladi", - dedi uchuvchi.
FAB-3000 — Sovet davrida yaratilgan, og‘irligi 3 tonna bo‘lgan Rossiya fugasli aviatsiya bombasi. Bu havo bombalari orasida dunyoda eng halokatli bombalardan biridir. Uning tarkibida 1400 kg portlovchi modda bor. Bombaning mustahkam korpusi unga yer ostiga yashiringan inshootlar va istehkomlarning tomini teshib o‘tish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0