“Korzinka”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Aktan TemirkanovViveska seti supermarketov "Korzinka"
Viveska seti supermarketov Korzinka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2024
Obuna bo‘lish
Supermartketlar tarmog‘i iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi reklamadan foydalangani aniqlandi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. “Korzinka” supermarketlar tarmog‘iga nisbatan “Reklama to‘g‘risidagi” hamda “Iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi” qonunlarni buzish munosabati bilan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atildi deb xabar qilmoqda Raqobat qo‘mitasi.

Xususan, "eng arzon narx" deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi.

Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin.
Yuqoridagi asoslarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni 16-moddasi birinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “ANGLESEY FOOD” MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, supermarketlar tarmog‘i tomonidan “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx - Korzinkada”, "...Eng unumlisiga keling!" degan foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilganligi kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tmiz, O‘zbekiston Respublikasining 776-sonli "Reklama to‘g‘risidagi" yangi qonuni 2022-yilning 7-iyun kuni qabul qilingan edi. Ushbu qonunning 16-moddasida aytilishiga ko‘ra, qiyosiy reklama qonuniy bo‘lishi uchun, bunday reklama tarqatuvchi qiyoslashning faktik dalillarini taqdim eta olishi kerak va bunday reklama foydalanuvchini chalg‘itib qo‘ymasligi kerak. Shuningdek, qiyosiy reklama raqobatchining obro‘siga va faoliyatiga putur yetkazmasligi kerak.
Yangiliklar lentasi
0