Yozgi Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekistondan kimlar hakamlik qiladi?

© NOKDilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024
Dilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Obuna bo‘lish
Olimpiya o‘yinlarida ishlovchi o‘zbekistonlik hakamlar soni ortib bormoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boruvchi o‘zbekistonlik hakamlar safi ham kengaymoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Olimpiya o‘yinlarida ishlovchi o‘zbekistonlik hakamlar soni ortib bormoqda.

Gimnastika

Qayd etilishicha, Xalqaro gimnastika federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik hakam nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Oksana Kiosya bo‘lajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi. Qit’a va jahon chempionatlarida faoliyat olib borib kelayotgan hakam uchun bu birinchi Olimpiada bo‘ladi. Kiosya ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishlashi kutilmoqda.
Shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Ravshanbek Mirzayev Parij-2024 bellashuvlarida dunyoning eng kuchli atletlari ishtirokidagi bahslarni baholab boradi.

Og‘ir atletika

Bo‘lajak Olimpiadada og‘ir atletika bahslarida xalqaro toifadagi hakam Zuhra Abdullayeva ham ishlaydigan bo‘ldi. Bu Abdullayeva uchun uchinchi Olimpiada bo‘ladi. Tajribali hakam bungacha Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham faoliyat olib borgan.

Boks

Olimpiya o‘yinlarining boks bahslarida ham o‘zbekistonlik referi faoliyat olib boradi. O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, bo‘lajak bellashuvlarda Xalqaro toifadagi hakam Alisher Polvonov ishlaydi. Bu Polvonov uchun faoliyatidagi birinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi. Bungacha u Osiyo va jahon chempionatlari, bir qator nufuzli turnirlar, xususan, Parij-2024 turkumidagi qit’aviy va jahon litsenzion turnirlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Kurash

Birlashgan kurash dunyosi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar nomini ma’lum qildi. Ular orasida o‘zbekistonlik mutaxassis Eshpo‘lat Hidoyatov ham bor. Bu Hidoyatov uchun birinchi Olimpiada bo‘ladi. Hakam bungacha Nankin-2014 va Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar yozgi Olimpiya o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlarida samarali faoliyat olib borgan. Mutaxassis 2022-yil O‘zbekistonda eng yaxshi hakam sifatida e’tirof etilgan edi.

Dzudo

Xalqaro dzudo federatsiyasi ham Olimpiadada ishtirok etadigan referilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda xalqaro toifadagi hakam Vacheslav Pereteyko ham bor. Pereteyko bundan avval Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishlagan edi.

Qilichbozlik

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi ro‘yxatida xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor. Turdiqulova bo‘lajak Olimpiadada shpaga yo‘nalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi. 2018-yildan beri xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borayotgan Turdiqulova ko‘plab nufuzli turnirlar, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionatida ishlagan. Joriy yil Milanda o‘tgan dunyo birinchiligida ham shpaga yo‘nalishidagi final bahslarida referelik qildi.
Yangiliklar lentasi
0