O‘zbekistonda test sinovlari boshlandi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyV Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Obuna bo‘lish
Imtihonlar 2 smenada, ertalab 8:00 dan 11:00 gacha va 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistondagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binolarda oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlandi, deya xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Imtihonlar 2 smenada, ertalab 8:00 dan 11:00 gacha va 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi. 1-smenadagilar 6:30 da, 2- smenadagilar 13:30 da kelishi tavsiya qilinadi. Abituriyentlar 3 bosqichli tekshiruvdan o‘tishadi.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyV Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
Imtihonga suv, ruchka, qog‘oz va boshqa buyumlar bilan kirishga ruxsat berilmaydi.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyV Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi yetarli.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyV Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga yangilangan haydovchilik guvohnomasi bilan ham imtihonga kirish mumkin.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyV Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
V Uzbekistane nachalis vstupitelnie testi
Test sinovlariga kelgan ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilgan. Abituriyentlarning yaqinlari u yerda imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyatiga ham ega.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-28 iyul kunlari oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 5 - 25-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. 1-25 iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28 iyul kunlari esa test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihonlar yakunlangach, 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham) ushbu muddat yakunlanadi.
Mandat javoblari 22-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etgan. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0