Chechenistonda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi

© Sputnik / Said TsarnaevGorod Grozniy, Chechnya
Gorod Grozniy, Chechnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Grozniyda Checheniston va O‘zbekiston vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi mamlakatning mahalliy telekanali.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini muhokama qilishdi. Xususan, Grozniyda O‘zbekiston savdo uyining ochilishiga alohida e’tibor qaratildi.
“Checheniston Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosari – Checheniston Respublikasi iqtisodiy va hududiy rivojlanish vaziri Rustam Shaptukayevning aytishicha, yaqin kelajakda Grozniy meriyasi savdo uyi joylashishi mumkin bo‘lgan joylarni aniqlaydi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov o‘z so‘zida Checheniston vakillariga minnatdorlik bildirdi.
Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevdan sovg‘a oldi — video
Checheniston O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor — Qodirov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Checheniston O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor — Qodirov
Yangiliklar lentasi
0