https://oz.sputniknews.uz/20240713/ozbekiston-va-rossiya-parlament-diplomatiyasi-faol-davom-ettiriladi-44792089.html
O‘zbekiston va Rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi
O‘zbekiston va Rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi
2024-07-13T10:27+0500
2024-07-13T10:27+0500
2024-07-13T10:28+0500
o‘zbekiston - rossiya
tanzila norboyeva
valentina matviyenko
uchrashuv
o‘zbekiston oliy majlisi senati
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0d/44791763_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6a66f82410f88622e1a6f5d2d50e18d0.jpg.webp
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan BRIKSning X parlament forumi maydonida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish uchun parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan faol foydalanish zarurligiga urg‘u berildi. Tomonlar xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, xususan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq doirasidagi hamkorlikni faol davom ettirish yuzasidan yakdil fikr bildirdilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0d/44791763_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cf3cc63b45785f31d9b6d9fc8d77440a.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi
o‘zbekiston va rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi
O‘zbekiston va Rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi
10:27 13.07.2024 (yangilandi: 10:28 13.07.2024) Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan BRIKSning X parlament forumi maydonida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari o‘ziga xos – do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi. Muloqot chog‘ida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish uchun parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan faol foydalanish zarurligiga urg‘u berildi. Tomonlar xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, xususan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq doirasidagi hamkorlikni faol davom ettirish yuzasidan yakdil fikr bildirdilar.