YeOII: "Yagona darcha" mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha Rossiyaning pilot loyihasi taqdim etildi

© Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiyaV YeEK prezentovali pilotniy proyekt Rossii po razvitiyu natsionalnogo mexanizma "yedinogo okna"
V YeEK prezentovali pilotniy proyekt Rossii po razvitiyu natsionalnogo mexanizma yedinogo okna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2024
Obuna bo‘lish
Pilot loyihalar tomonlar vakillari tomonidan yuqori baholandi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Federal bojxona xizmati va Rossiya eksport markazi Strategiya-2025 ni amalga oshirish doirasida Rossiyada “yagona darcha” milliy mexanizmini rivojlantirish bo‘yicha pilot loyihalar namoyishini o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarning “yagona darcha” milliy mexanizmlarini rivojlantirish loyihasiga jalb qilingan Komissiya, bojxona xizmatlari, davlat organlari va biznes vakillari ishtirok etdi.
Rossiya tomoni Rossiya Federal bojxona xizmatining axborot-dasturiy vositalari majmuasi, shuningdek, Rossiya eksport markazining “Moy eksport” raqamli platformasining ishlashini namoyish etdi.
Pilot loyihalarni namoyish etishda milliy “yagona darcha” mexanizmining etalon modelining dolzarbligi qayd etildi.
Pilot loyihalar tomonlar vakillari tomonidan yuqori baholandi. Gap istiqbolli bojxona texnologiyalarini rivojlantirish, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yish haqida ketayotgani alohida ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0