https://oz.sputniknews.uz/20240712/ozbekkosmos-dalalardagi-yonginni-koinotdan-suratga-oldi-44784449.html
“O‘zbekkosmos” dalalardagi yong‘inni koinotdan suratga oldi
“O‘zbekkosmos” dalalardagi yong‘inni koinotdan suratga oldi
Sputnik O‘zbekiston
Eng ko‘p holat Toshkent, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida aniqlangan. 12.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-12T16:44+0500
2024-07-12T16:44+0500
2024-07-12T16:56+0500
o‘zbekkosmos
yong‘in
javobgarlik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0c/44783775_18:0:1262:700_1920x0_80_0_0_6d3dc334d6972a71e46ba9fb638c747e.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi kosmik monitoring yordamida 2024-yilning birinchi yarmida boshoqli ekinlardan bo‘shagan hududlarda 1960 ta yong‘in holatini aniqladi.Jami 23 273 gektar boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqib yuborilgan.Eng ko‘p holat Toshkent (9,6 ming ga), Surxondaryo (5,7 ming ga) va Andijon viloyatlarida (3,8 ming ga) aniqlangan. Shuningdek, Namanganda 2,9 ming gektar, Samarqand viloyatida 1,7 ming gektar, Jizzaxda 931 gektar va Farg‘onada 65 gektar ekin maydonlariga o‘t qo‘yilgani aniqlangan.Ushbu holat yuzasidan “O‘zbekkosmos” agentligi g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqilishiga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksida jarima belgilanganini eslatib o‘tdi.Undan tashqari, bunday faoliyat ekologiyaga ham zarar keltiradi. Xususan, 1 gektar yer maydon yoqilganida atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0c/44783775_174:0:1107:700_1920x0_80_0_0_69b9f1eaec8e5fd9db5d54cd27d1f7cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekkosmos, yong‘in, javobgarlik, jamiyat
o‘zbekkosmos, yong‘in, javobgarlik, jamiyat
“O‘zbekkosmos” dalalardagi yong‘inni koinotdan suratga oldi
16:44 12.07.2024 (yangilandi: 16:56 12.07.2024) Eng ko‘p holat Toshkent, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida aniqlangan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi kosmik monitoring yordamida 2024-yilning birinchi yarmida boshoqli ekinlardan bo‘shagan hududlarda 1960 ta yong‘in holatini aniqladi.
Jami 23 273 gektar boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqib yuborilgan.
Eng ko‘p holat Toshkent (9,6 ming ga), Surxondaryo (5,7 ming ga) va Andijon viloyatlarida (3,8 ming ga) aniqlangan. Shuningdek, Namanganda 2,9 ming gektar, Samarqand viloyatida 1,7 ming gektar, Jizzaxda 931 gektar va Farg‘onada 65 gektar ekin maydonlariga o‘t qo‘yilgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan “O‘zbekkosmos” agentligi g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqilishiga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksida jarima belgilanganini eslatib o‘tdi.
Undan tashqari, bunday faoliyat ekologiyaga ham zarar keltiradi. Xususan, 1 gektar yer maydon yoqilganida atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi.