Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston YeOIIning ko‘plab loyihalari qatnashchisi – Pritchin

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Pritchin YeOII istiqbollari va O‘zbekistonning ushbu tashkilot bilan munosabatlari haqida qanday fikr bildirdi?
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston YeOIIning ko‘plab loyihalari qatnashchisi, dedi Rossiya Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo sektori boshlig‘i Stanislav Pritchin Sputnik matbuot markazida YeOIIga bag‘ishlangan videoko‘prikda.
"YeOII Faqat tovarlar savdosi uchun emas, balki odamlar, xizmatlar va kapitalning erkin harakatlanishi uchun ham umumiy makon. Ya’ni erkinlikning to‘rtta darajasi. <...>Bunda O‘zbekiston ham uzoq davlat emas, u integratsiyamizning ko‘plab loyiha va dasturlarida kuzatuvchi va qatnashchi hisoblanadi. Erkin savdo zonasi to‘g‘risida va qator bandlar bo‘yicha bojsiz tovar ayirboshlash kelishuvlari imzolandi. Ammo bu hali ham to‘laqonli a’zolik emas", - dedi mutaxassis.
Undan tashqari Stanislav Pritchin quyidagi fikrlarni bildirdi:
YeOII hududida ishlab chiqariladigan yoki import qilinadigan har qanday mahsulot bizning ichki standartlarimiz va meyorlarimizga mos kelishi uchun umumiy standart maydonni yaratishdir.
Keyingi bosqich – bu sanoat kooperatsiyasi, ya’ni ba’zi mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish, qo‘shimcha qiymat yaratish, tovarlarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun investitsiya xarajatlarini taqsimlash imkonini beradigan darajaga o‘tish.
YeOII kengayida davom etmoqda. Eron bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani, uning sobiq Ittifoq hududidan tashqariga chiqqanidan dalolat beradi. Bu borada Shushadagi norasmiy uchrashuvdan so‘ng, Ozarbayjon va Qozog‘iston matbuotida bir qancha ilgari bo‘lmagan fikrlar va bayonotlar paydo bo‘ldi.
Ekspert mulohazalari bilan batafsil videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0