Novosibirskda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati taqdim qilindi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishNarodnie promisli Uzbekistana
Narodnie promisli Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2024
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida o‘tkazilgan xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati taqdim qilindi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Novosibirsk viloyati Ordinskiy tumanida o‘tkazilgan Xalqaro madaniy festivalda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan taqdimot qatnashchilariga O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha ishlar, o‘zbek xalqining madaniyati, milliy an’ana va qadriyatlari hamda mamlakatning sayyohlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
© IA "Dunyo"Kulturniy i turisticheskiy potensial Uzbekistana predstavlen na Mejdunarodnom festivale v Novosibirskoy oblasti
Kulturniy i turisticheskiy potensial Uzbekistana predstavlen na Mejdunarodnom festivale v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2024
Kulturniy i turisticheskiy potensial Uzbekistana predstavlen na Mejdunarodnom festivale v Novosibirskoy oblasti
O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarida turistlar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar ta’kidlandi.
Festival davomida, shuningdek, o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0