Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonni muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rmoqda

Obuna bo‘lish
XMT respublika tajribasini xalqaro miqyosda o‘rganish va qo‘llash uchun muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rmoqda.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Mejdunarodnoy organizatsii truda Jilbera Ungbo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2024
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi
XMT bosh direktori O‘zbekistonning mehnatkashlar huquqlarini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi.
Shu munosabat bilan o‘z tashrifini O‘zbekiston rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ifodasi deb atadi.
“XMT mamlakatimiz tajribasini xalqaro miqyosda o‘rganish va qo‘llash uchun muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston tashkilotning Ma’muriy kengashiga saylanishi buning e’tirofi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashkilot ko‘magida O‘zbekistonda mehnat sohasida 40 tadan ortiq normativ hujjat qabul qilindi, 22 ta xalqaro konvensiya ratifikatsiyalandi.
© Senat Oliy Majlisa Senatda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
 V Senate provedena vstrecha s generalnim direktorom Mejdunarodnoy organizatsii truda (MOT)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2024
Senatda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
Shuningdek, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ham Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari dunyoning ko‘p davlatlari uchun namuna bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining 112-sessiyasida belgilangan vazifalar hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2026–2030 yillar uchun Munosib mehnat dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.
Qayd etilishicha, mehnat sohasida gender tafovutini kamaytirish va kamsitishga qarshi kurashish, imkoniyati cheklangan shaxslarning bandligini ta’minlash, ular uchun qulay va munosib sharoitlarni yaratish borasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi.
Yangiliklar lentasi
0