https://oz.sputniknews.uz/20240710/mirziyoev-geologiya-qidiruv-kengaytirish-44739814.html
Mirziyoyev mutasaddilarga geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Mirziyoyev mutasaddilarga geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Sputnik O‘zbekiston
Respublikada o‘tgan 6 oyda qariyb 3 million tonna ko‘mir qazib olindi.
2024-07-10T10:16+0500
2024-07-10T10:16+0500
2024-07-10T10:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ko‘mir mahsuloti
shavkat mirziyoyev
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0a/44740224_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_54e37ad1304fde665dcb8678d23c45ab.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi ishlar va investitsiya loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Unda mutasaddilar yil boshida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan axborot berdi.Qayd etilishicha, o‘tgan 6 oyda qariyb 3 million tonna ko‘mir qazib olingan.“Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib chiqarish bir kecha-kunduzda 3,5 ming tonnaga yetkazilgan. Ikkinchi yarim yillikda yana 5 million tonnadan ziyod ko‘mir qazib olinishi rejalashtirilgan.Shundan:Investitsiya loyihalariNishbosh konini o‘zlashtirishga Xitoyning “Henan” kompaniyasi 400 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishi ko‘zda tutilgan. Bu loyiha samarasida yerosti usulida yiliga 8 million tonnagacha ko‘mir qazib chiqarish va shundan 5 million tonnasini boyitish rejalashtirilgan.Toshkent viloyatidagi “Apartak-3” koni negizida Turkiyaning “Bab Energy ve Petrol Urunleri A.S.” kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. 15 million dollarlik mazkur loyiha natijasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 70 ming tonna boyitilgan kaolin tayyorlanadi.Davlat rahbari geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, olingan xomasholardan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240513/uzbekistan-2025-yil-komir-qazish-10-mln-tonna-43857891.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0a/44740224_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ef504f4ce533039a37240cc17ae1aac8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ko‘mir mahsuloti, shavkat mirziyoyev, xitoy
jamiyat, o‘zbekiston, ko‘mir mahsuloti, shavkat mirziyoyev, xitoy
Mirziyoyev mutasaddilarga geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Respublikada o‘tgan 6 oyda qariyb 3 million tonna ko‘mir qazib olindi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi ishlar va investitsiya loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Unda mutasaddilar yil boshida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan
axborot berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan 6 oyda qariyb 3 million tonna ko‘mir qazib olingan.
“Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ko‘mir qazib chiqarish bir kecha-kunduzda 3,5 ming tonnaga yetkazilgan. Ikkinchi yarim yillikda yana 5 million tonnadan ziyod ko‘mir qazib olinishi rejalashtirilgan.
1,8 million tonna issiqlik elektr stansiyalariga yetkaziladi;
1 million tonnadan ortig‘i aholiga yetkaziladi;
540 ming tonna ijtimoiy muassasalarga yetkaziladi;
1,8 million tonna mahalliy ko‘mir birja savdolariga chiqariladi.
“Umuman, bu yil ko‘mir qazib chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 1,4 million tonnaga ko‘p bo‘lib, import hajmi sezilarli qisqaradi”, — deyiladi xabarda.
Nishbosh konini o‘zlashtirishga Xitoyning “Henan” kompaniyasi 400 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishi ko‘zda tutilgan. Bu loyiha samarasida yerosti usulida yiliga 8 million tonnagacha ko‘mir qazib chiqarish va shundan 5 million tonnasini boyitish rejalashtirilgan.
“Yurtimizda kaolinning ham katta zaxirasi mavjud. Hozirda konlarni o‘zlashtirishga jalb qilingan tadbirkorlar tomonidan 396 ming tonna mahsulot qazib olinmoqda. Bu juda kam. Shu bois 2024-2025 yillarda Geologiya dasturi doirasida 7 ta kon tashabbuskorlarga taklif etiladi va bu orqali qazib olish hajmi 2 million 700 ming tonnaga yetkaziladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Toshkent viloyatidagi “Apartak-3” koni negizida Turkiyaning “Bab Energy ve Petrol Urunleri A.S.” kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. 15 million dollarlik mazkur loyiha natijasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 70 ming tonna boyitilgan kaolin tayyorlanadi.
Davlat rahbari geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, olingan xomasholardan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.