https://oz.sputniknews.uz/20240709/shavkat-mirziyoev-china-parlament-44725614.html
Mirziyoyev Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Mirziyoyev Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga salom yo‘lladi. 09.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-09T09:28+0500
2024-07-09T09:28+0500
2024-07-09T09:32+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/09/44725442_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_2ac4252e0d59d91b6d5335e0f8b48a62.jpg
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Xitoy parlamenti rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda. Jadal hududlararo aloqalarga yuqori baho berildi. Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkaziladi.Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuv yuzasidan fikr almashildi.Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, parlament a’zolari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun ijodkorligi tajribasini o‘rganish zarurligi alohida ta’kidlandi.Aytilishicha, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240704/shavkat-mirziyoev-si-tszinpin-bilan-muzokaralar-otkazdi--nimalarga-kelishib-olindi-44664023.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/09/44725442_58:0:1194:852_1920x0_80_0_0_3a9d5cc7387cf3d46491cf718ce009cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, xitoy, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, xitoy, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
09:28 09.07.2024 (yangilandi: 09:32 09.07.2024) Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga salom yo‘lladi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Xitoy parlamenti rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda. Jadal hududlararo aloqalarga yuqori baho berildi. Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkaziladi.
“O‘zbekistonda Xitoy oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Konfutsiy instituti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda ikkinchi Ta’lim forumini o‘tkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuv yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, parlament a’zolari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun ijodkorligi tajribasini o‘rganish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Aytilishicha, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish nazarda tutilgan.