O‘zbekistonda "Bukhara Night Race" poygasi o‘tkaziladi — qanday ishtirok etish mumkin?

© Fond razvitiya kulturi i iskusstva UzbekistanaV Uzbekistane proydet zabeg Bukhara Night Race
V Uzbekistane proydet zabeg Bukhara Night Race  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2024
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar soni 3000 kishini tashkil etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda uchunchi marotaba “Bukhara Night Race” poygasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Poyga Buxoroda 24-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa yo‘nalishi shaharning tarixiy qismlarini qamrab oladi. Sportchilar masofani diqqatga sazovor maskanlar, masjid va madrasalar, karvonsaroy va betakror ko‘hna inshootlar qurshovida bosib o‘tishadi.
“Joriy yil 5 va 10 km masofadagi poygalar, shimoliy (skandinavcha) yurish hamda 4 yoshdan oshgan bolajonlar poygasi uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari mavjud”, — deydi tadbir tashkilotchilari.
Plogging – yugurish asnosida maydonni chiqindilardan tozalash tadbiri ham bo‘lib o‘tadi. Eko-ploggingda 16 yosh va undan kattalar ishtirok etishlari mumkin, ota-onalar esa farzandlari bilan yelkama-yelka qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Bu safar ishtirokchilar soni deyarli ikki karra ortib, 3000 kishini tashkil etishi kutilmoqda. Qo‘shimcha joylar bolalar poygasida ham ochiladi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili “Bukhara Night Race” tadbirida dunyoning 20 ta mamlakatidan 1600 nafardan ortiq sportchi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0