O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportini oshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Siyovush tekstil” v Kaganskom rayone Buxarskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya “Siyovush tekstil” v Kaganskom rayone Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2024
Obuna bo‘lish
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, kalava-ip asosiy ulushni egallagan.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston 55 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-may oylarida qiymati qariyb 1,3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
"Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,8% ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5% ga oshgan", — deyiladi xabarda.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,6%), kalava-ip (46,8%) asosiy ulushni egallagan.
2024 yilning yanvar-may oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Yangiliklar lentasi
0