Islom taraqqiyot banki vakillari O‘zbekistonga keladi — tashrifdan maqsad

Obuna bo‘lish
Qo‘shma loyihalarni muhokama qilish uchun ITB vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
© IA "Dunyo"Islamskiy bank razvitiya rasshirayet svoyu deyatelnost v Uzbekistane
Islamskiy bank razvitiya rasshirayet svoyu deyatelnost v Uzbekistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2024
Islamskiy bank razvitiya rasshirayet svoyu deyatelnost v Uzbekistane
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Islom taraqqiyot bankining (ITB) Loyihalashtirish masalalari departamenti bosh direktori Anas Aysam bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va ITB o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, respublikada ishlab chiqilayotgan yirik loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda texnik-gumanitar yordamlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va ITB hamkorligi bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan strategiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgani inobatga olinib, 2022-2026 yillar uchun ana shunday strategiya ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
“Tomonlar istiqbolda transport, logistika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, suv, atrof-muhit, chorvachilik, obod qishloq va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashdilar. O‘zbekistonda xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim dasturlar e’tirof etildi va ularda ITB ishtirokini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur bank tomonida amalga oshirilayotgan loyilar ijrosini doimiy tarzda monitoring qilib borishga kelishib olindi. Qayd etilishicha, qo‘shma loyihalarni muhokama qilish uchun ITB vakillari O‘zbekistonga keladi.
Yangiliklar lentasi
0