Rossiya va Eron milliy valyutalar bo‘yicha kelishuv imzoladi
18:22 06.07.2024 (yangilandi: 18:24 06.07.2024)
© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri i moneti.
© Sputnik / Vladimir Trefilov
Obuna bo‘lish
Rossiya va Eron milliy valyutalarning likvidligi bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya va Eron o‘zaro savdoni osonlashtirish maqsadida milliy valyutalarning likvidligi to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda Eron Markaziy banki rahbari Muhammad Rizo Farzin ma’lum qildi.
“Rossiya Markaziy banki rahbari bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda, o‘zaro savdo almashinuvini yengillashtirish maqsadida, milliy valyutalarning likvidligi to‘g‘risida kelishuv imzolandi”, - dedi Farzin 4-iyul kuni Sankt-Peterburgdan qaytganidan so‘ng.
Sankt-Peturburgda Farzin Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina bilan uchrashgan edi.
To‘lov — rublda
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaning valyuta hisob raqamlarini muzlatib qo‘ydi va Rossiyaga dollar va yevroda to‘lashga cheklovlar kiritdi.
Shundan so‘ng Rossiya o‘z hamkorlari bilan savdo-sotiqda milliy valyutalarga o‘ta boshladi. Bugungi kunda ShHT va BRIKS doirasida milliy valyutalarda amalga oshirilayotgan to‘lovlar miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda.
Do‘stona davlatlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar uchun Rossiya milliy valyutalarning raqamli platformasini ishga tushirishni rejalashtirgan.