Putin Eron yangi prezidenti Pezeshkiyonni tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2024
Obuna bo‘lish
O‘z tabrik so‘zida Putin Rossiya va Eron samarali hamkorlikni davom ettirishiga umid bildidi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Masud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Davlat rahbari telegrammasi Kreml saytida e’lon qilindi.
“Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling <...> Prezident sifatidagi faoliyatingiz do‘st xalqlarimiz farovonligi yo‘lida, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni manfaatlaridan kelib chiqqan holda, barcha sohalarda konstruktiv ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi, deb umid qilaman. ”, — deyiladi xabarda.
Putin o‘z tabriklarida Moskva va Tehron “xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal qilishda sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirib kelayotganini” ta’kidladi hamda Rossiya-Eron munosabatlarining do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik xarakterini ta’kidladi.
“Sizga muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik va farovonlik tilayman”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisi 19-may kuni viloyatida vertolot qulashi oqibatida halok bo‘lgan edi. Uning bortida yana yetti kishi, jumladan tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohian ham bo‘lgan.
5 iyul kuni Eronda mamlakat ijroiya rahbari vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda islohotchilar qanoti nomzodi, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Pezeshkiyon 53,6% (16,384 mln) ovoz to‘plab g‘alaba qozondi. Uning raqibi, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili, konservativ qanot vakili Said Jaliliy 44,3% (13,538 mln.) ovoz bilvn mag‘lub bo‘ldi. Saylovning ikkinchi turda saylovchilarning taxminan 49,8 foizi ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0