https://oz.sputniknews.uz/20240705/soliq-qomitasi-ish-natijalariga-kora-30dan-ortiq-xodimni-ishdan-boshatdi-44689109.html
Soliq qo‘mitasi ish natijalariga ko‘ra 30 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Soliq qo‘mitasi ish natijalariga ko‘ra 30 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi yarim yillikda soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 %ga o‘sgani qayd etildi.
2024-07-05T15:44+0500
2024-07-05T15:44+0500
2024-07-05T16:03+0500
iqtisod
soliq
davlat soliq qo‘mitasi
majlis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/05/44689201_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_b60bae82bbf8d52faaef19a88be048ae.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasida o‘z faoliyatda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 30 nafardan ortiq xodimlar bo‘shatildi. Bu haqida Sherzod Kudbiyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan hay’at majlisida ma’lum bo‘ldi.Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pog‘onaga pasaytirildi.Shu bilan birga majlisda respublika bo‘yicha umumiy natijalar ijobiy ekani alohida qayd etildi. Undan tashqari, iyun oyida samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%) ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%) ga yetdi, deyiladi xabarda.Yig‘ilishda soliq organlari rahbarlari oldiga III-chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qo‘shimcha manbalarni jalb etish, soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi vazifalar qo‘yildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/05/44689201_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_3e7472f5a069933165cef1cd6c4fb080.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
budjet soliq
Soliq qo‘mitasi ish natijalariga ko‘ra 30 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
15:44 05.07.2024 (yangilandi: 16:03 05.07.2024) Birinchi yarim yillikda soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 % ga o‘sgani qayd etildi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasida o‘z faoliyatda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 30 nafardan ortiq xodimlar bo‘shatildi. Bu haqida Sherzod Kudbiyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan hay’at majlisida ma’lum bo‘ldi.
"Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar mas’ullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pog‘onaga pasaytirildi.
Shu bilan birga majlisda respublika bo‘yicha umumiy natijalar ijobiy ekani alohida qayd etildi.
Xususan, birinchi yarim yillikda budjetga 85,8 trln so‘m miqdorida soliq tushumlari ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 % ga, hududlarda 24,4 % ga, tumanlarda 37 % ga o‘sganligi qayd etildi.
Undan tashqari, iyun oyida samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 88,7 balni tashkil etib, 90 balldan oshgan inspeksiyalar soni 100 ta (48%) ga, xodimlar soni 1 617 nafar (37%) ga yetdi, deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda soliq organlari rahbarlari oldiga III-chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qo‘shimcha manbalarni jalb etish, soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi vazifalar qo‘yildi.