O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palati i Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan izbranniy Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prines torjestvennuyu prisagu i vstupil v doljnost.
Na sovmestnom zasedanii Zakonodatelnoy palati i Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan izbranniy Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prines torjestvennuyu prisagu i vstupil v doljnost. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2024
Obuna bo‘lish
"Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimcha kiritildi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari, ularning bo‘linmalarini tashkil etish taqiqlandi. “Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi” qonunga tegishli qo‘shimcha kiritildi. Qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni prezident 2-iyul kuni imzolagan.

“Qonunning 6-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini, ularning bo‘linmalarini tashkil etishga va ularning faoliyati amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, - deyilgan hujjatda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, siyosiy partiyalar faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va mamlakatda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalar faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish talab etiladi.
Eslatamiz, O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya ro‘yxatga olingan: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiya.
Navbatdagi parlament saylovlari kuzda bo‘lib o‘tadi. Oxirgisi 2019-yilda bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0