https://oz.sputniknews.uz/20240704/shht-tashqi-aralashuv-xi-jinping-44668936.html
ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turishi kerak — Si Szinpin
ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turishi kerak — Si Szinpin
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy rahbari ayni damda dunyoda o‘zgarishlar tezlashayotgani, insoniyat jamiyati yana tarixning chorrahasida ekanini ta’kidladi. 04.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-04T12:15+0500
2024-07-04T12:15+0500
2024-07-04T12:40+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
qozog‘iston
xitoy
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
si szinpin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36528829_0:0:3079:1733_1920x0_80_0_0_1963c1d35f55c51d4762231b28bb85bf.jpg
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turishi va bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda harakat qilishi kerak. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin Ostonadagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qildi. Xitoy rahbari ayni damda dunyoda o‘zgarishlar tezlashayotgani, insoniyat jamiyati yana tarixning chorrahasida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT tarixning to‘g‘ri tomonida, adolat tarafida, dunyo uchun hayotiy ahamiyatga ega tashkilot. Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda ShHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etmoqda
https://oz.sputniknews.uz/20240704/belarus-shht-azo-44667312.html
qozog‘iston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36528829_276:151:2805:2048_1920x0_80_0_0_b2464ee7af8a8c13734a351801b9cfd9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, qozog‘iston, xitoy, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), si szinpin
dunyo yangiliklari, dunyoda, qozog‘iston, xitoy, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), si szinpin
ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turishi kerak — Si Szinpin
12:15 04.07.2024 (yangilandi: 12:40 04.07.2024) Xitoy rahbari ayni damda dunyoda o‘zgarishlar tezlashayotgani, insoniyat jamiyati yana tarixning chorrahasida ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turishi va bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda harakat qilishi kerak. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin Ostonadagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qildi.
Xitoy rahbari ayni damda dunyoda o‘zgarishlar tezlashayotgani, insoniyat jamiyati yana tarixning chorrahasida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT tarixning to‘g‘ri tomonida, adolat tarafida, dunyo uchun hayotiy ahamiyatga ega tashkilot.
“ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turish va bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda harakat qilishi kerak. ShHT mamlakatlari rivojlanish huquqini himoya qilishi, ishlab chiqarish zanjirlarining barqarorligini saqlashi, mintaqaviy iqtisodiyotni rag‘batlantirishi kerak”, — dedi Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin.
Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda ShHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etmoqda