"ShHT plyus" uchrashuvi: ShHT davlatlari rahbarlari qanday fikrlar bildirishdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta glav gosudarstv-chlenov ShOS, sostoyavshemsya v gorode Astane.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta glav gosudarstv-chlenov ShOS, sostoyavshemsya v gorode Astane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2024
Obuna bo‘lish
“ShHT Plyus”ning birinchi yig‘ilishida 16 davlatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Ostonada "ShHT plyus" formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ShHT davlatlari rahbarlari tomonidan bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
“ShHT plyus” formatidagi uchrashuvning mavzusi “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyotga sodiqlik”. Kun tartibidan tashkilot va taklif etilgan davlatlar o‘rtasidagi xalqaro va mintaqaviy mavzulardagi hamkorlik masalalari o‘rin oldi.
Xavfsizlik, terrorizm va energetika: ShHT sammitida qanday hujjatlar imzolandi?
“ShHT plyus”ning birinchi yig‘ilishida 16 ta davlatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT tashkil etilganining 25-yilligi arafasida tashkilotning ulkan salohiyati va jahon siyosati va iqtisodiyotidagi ortib borayotgan roliga mos keladigan ShHTning yangi kun tartibini ishlab chiqish vaqti kelganini aytdi.
ShHT hamjihatligi zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim: Mirziyoyevning sammitdagi asosiy fikrlari
“Barcha mamlakatlarimiz vakolatli organlari rahbarlari va ekspertlari ishtirokida har yili xavfsizlik masalalari bo‘yicha "ShHT plyus" muloqotini o‘tkazishni taklif qilaman”, — dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, Mirziyoyev ShHT Ekspo xalqaro sanoat ko‘rgazmasini har yili o‘tkazishni taklif qildi.
“Biz Toshkentda ekologik barqarorlik va yashil o‘sish sohasida tadqiqotlar olib boruvchi ShHTning iqlim bo‘yicha innovatsion yechimlar markazini tashkil etishni taklif qilamiz”, — deya ta’kidladi Mirziyoyev.
O‘zbekiston tomoni barcha manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda ushbu sohalardagi loyihalarni tizimlashtirish va birgalikda amalga oshirish imkonini beradigan gumanitar tashabbuslar va ShHT dasturlari yagona bankini ishlab chiqishni taklif qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “ShHT plyus” formatidagi yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ShHTga a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.
“Sanksiya mojarolari jahon iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi va keyingi rivojlanish istiqbollarini tor qiladi. Bunday sharoitda biz ijobiy dinamikani saqlab qolish va salohiyatni oshirishga qaratilgan savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada moslashuvchan strategiyasini yaratishimiz kerak”, — dedi Toqayev.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi bosqichda ShHTga a’zo mamlakatlar iqtisodiyoti yuqori o‘sish sur’atlarini – 4 foizdan 9 foizgacha ko‘rsatmoqda. Tashqi savdo 8 trillion dollardan oshadi - bu butun jahon savdosining chorak qismiga teng.
“Osiyoning yangi va tarixiy iqtisodiy yuksalishi, asosan, ShHT tufayli, butun jahon iqtisodiyotini barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi”, — dedi u.
Shanxay hamkorlik tashkilotining ovozi xalqaro maydonda yanada balandroq yangraydi va bugungi kunning turli muammolari bo‘yicha yaxlit pozitsiyani ilgari surishi kerak, dedi prezident.
ShHT davlatlari tashqi aralashuvga qarshi turishi kerak — Si Szinpin
XXR raisi itoy yetakchisi Si Szinp xalqaro vaziyat qanday o‘zgarmasin, ShHT qo‘shma va barqaror xavfsizlik kafolati bo‘lib xizmat qilishda davom etishi kerakligini ma’lum qildi. Barcha davlatlar o‘zlarini xavfsiz his qilishi kerak, dedi u. Xitoy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy ShHTga rais sifatida terrorizmga qarshi birgalikdagi mashg‘ulotlarni ta’minlaydi.
ShHTga yangi bosh kotib tayinlandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qayd etishicha, Istanbul kelishuvlari muzokaralar stolida qolmoqda va Ukraina bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Rossiya ShHTning Ukraina mojarosi bo‘yicha tashabbuslarini inobatga olishga tayyor — Putin
“Rossiya hech qachon rad etmagan va hozir ham tinchlik muzokaralarini davom ettirishga tayyor”, — dedi Putin.
Putinning ta’kidlashicha, Istanbul kelishuvlari “Ukraina muzokaralar delegatsiyasi rahbari tomonidan boshlangan, bu esa, aftidan, ular Ukraina uchun juda mos edi”. Biroq, Rossiya rahbarining eslatishicha, Ukraina pirovardida muzokaralardan bosh tortdi va buni “London va shuning uchun Vashingtonning bevosita buyrug‘i bilan ochiqchasiga amalga oshirdi”.
Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi. Sammitda ShHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham qatnashdi. Tadbir “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2024
ShHT tinchlikka erishish qudratiga ega — BMT bosh kotibi
Yangiliklar lentasi
0