ShHTga yangi bosh kotib tayinlandi

© Sputnik / Vladislav VodnevMinistr oboroni Tursii X. Akar pribil s vizitom v Kazaxstan
Ministr oboroni Tursii X. Akar pribil s vizitom v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2024
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri ShHT bosh kotibi bo‘ldi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raislik Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi. Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev ShHT bosh kotibi etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror ShHTning Ostonadagi sammitida qabul qilindi.
Nurlan Yermekbayev 2022-yil 1-yanvardan beri ShHT bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Xitoy vakili Chjan Min o‘rnini egallaydi. U 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab 2027-yilgacha tashkilotni rotatsiya asosida boshqaradi.
Bungacha Yermekbayev ShHT bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun ShHT a’zo davlat rahbarlari Ostonadagi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha 20 tadan ortiq hujjat imzolandi.
Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Ostonada ShHT sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etmoqda. Sammitda ShHT bosh kotibi Chjan Min va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etmoqda. Tadbir “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0