https://oz.sputniknews.uz/20240704/sco-astana-majlis-44666355.html
Ostonada ShHT majlisi boshlandi — video
Ostonada ShHT majlisi boshlandi — video
Sputnik O‘zbekiston
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
2024-07-04T10:18+0500
2024-07-04T10:18+0500
2024-07-04T18:06+0500
siyosat
qozog‘iston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/04/44666842_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_71fba90f61de1af1f78ffd53d99ece58.jpg
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va faoliyatini takomillashtirish holati va istiqbollari haqida ham so‘z bordi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolandi. Xususan, 20 ta qaror, davlat rahbarlarining 3 ta bayonoti, jumladan, “Adolatli tinchlik, totuvlik va taraqqiyot yo‘lida jahon birligi to‘g‘risida”gi va “ShHTni takomillashtirish to‘g‘risida”gi tashabbusi qabul qilindi.Yig‘ilishda Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish va unga ShHTga a’zo davlat maqomini berish tartibini yakunlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sammitni 900 nafar jurnalist yoritadi: ulardan 700 nafari xorijlik, 200 nafari qozog‘istonlik.ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/04/44666842_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_a84907f813b0b49f440ca342cbc2b6f3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti shht ma’lumot tarixi
shanxay hamkorlik tashkiloti shht ma’lumot tarixi
Ostonada ShHT majlisi boshlandi — video
10:18 04.07.2024 (yangilandi: 18:06 04.07.2024) Sammit ilk bor ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi va "ShHT plyus" yig‘ilishi formatida o‘tkazildi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va faoliyatini takomillashtirish holati va istiqbollari haqida ham so‘z bordi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolandi. Xususan, 20 ta qaror, davlat rahbarlarining 3 ta bayonoti, jumladan, “Adolatli tinchlik, totuvlik va taraqqiyot yo‘lida jahon birligi to‘g‘risida”gi va “ShHTni takomillashtirish to‘g‘risida”gi tashabbusi qabul qilindi.
Yig‘ilishda Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish va unga ShHTga a’zo davlat maqomini berish tartibini yakunlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sammitni 900 nafar jurnalist yoritadi: ulardan 700 nafari xorijlik, 200 nafari qozog‘istonlik.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.