Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPodpisanie dokumentov
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti imzolagan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Prezidentning “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
“Maktabgacha ta’lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi”, — deyiladi hujjat matnida.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
maktabgacha ta’limning o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o‘rta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash.
Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha ta’lim agentligi 2023-yil yanvar oyida tashkil etilgan edi.