Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va IHT muloqoti muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi

© Sputnik / Asatur Yesayans / Mediabankka o‘tishZasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Saxkadzore
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta v Saxkadzore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2024
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish birgalikdagi muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Baxitjan Sagintayev ma’lum qildi.
Komissiya raisi Ostonada Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikning bir qator masalalarini ko‘rib chiqishdi va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qiishdi.
Baxitjan Sagintayev o‘z so‘zida YeOII va IHT faoliyatining o‘xshashligini qayd etdi. Shu munosabat bilan u Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini bog‘lash uchun tomonlarning mavjud salohiyati, shu jumladan, transport-logistika infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni liberallashtirish, raqamlashtirish va energetika resurslari sohasidagi hamkorligidan foydalanishni taklif qildi.
“Har qanday integratsiya jarayonlarini birlashtirish xalqaro birlashmalarga a’zo davlatlar iqtisodiyoti imkoniyatlarini qo‘shimcha ravishda ochib berishga yordam beradi. YeOII va IHT hamkorlikdagi muammolarni hal qilish uchun doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishi kerak”, — dedi Sagintayev.
Tomonlar o‘zaro manfaatdor bo‘lgan sohalarni aniqlashtirish ikki tashkilot kotibiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib olishdi.
Baxitjan Sagintayev tajriba almashishning turli shakllarini yo‘lga qo‘yish ikki integratsiya birlashmalari mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam berishiga ishonch bildirdi. Bundan tashqari, u Xusrav Noziriyni shu yilning kuzida Yerevanda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif qildi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Baxitjan Sagintayev
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeIK raisi va ShHT bosh kotibi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi — bildirilgan takliflar
Yangiliklar lentasi
0