https://oz.sputniknews.uz/20240703/vladimir-putin-shht-sammitida-ishtirok-etish-uchun-ostonaga-keldi-44646329.html
Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi
Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Aeroportda Vladimir Putinni Qozog‘iston bosh vaziri kutib oldi. 03.07.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-07-03T10:16+0500
2024-07-03T10:16+0500
2024-07-03T10:45+0500
siyosat
rossiya
qozog‘iston
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
vladimir putin
qasim-jomart toqayev
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/03/44646656_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f0830b4ba7f91e52047b41fa4e451203.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi. Aeroportda Vladimir Putinni Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov kutib oldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston hukumat matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. Putin ertaga boshlanadigan tashkilot sammitida ishtirok etadi. Bugun esa Ostonaga kelgan va kelayotgan davlat rahbarlari ikki tomonlama muzokaralar olib boradi. Rossiya yetakchisi Qozog‘iston, Xitoy, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon yetakchilari va Pokiston bosh vaziri bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.Qayd etilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi ham Ostonaga yetib kelgan. Sammitda tashkilotga a’zo davlatlar, shuningdek, ShHTdagi hamkor va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Bu galgi sammit boshqalaridan tashkilotga yangi ishtirokchi – Belarus Respublikasi kelishi bilan ajralib turadi. Aleksandr Lukashenko tashkilotga a’zo bo‘lish istagini ikki yil avval ma’lum qilgan va Ostonadagi sammit Belarus uchun yangi maqomdagi birinchi sammit bo‘ladi. Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ostonadagi sammitda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi, mavjud chaqiriq va tahdidlarga adekvat va o‘z vaqtida javob berish tashabbuslari ishlab chiqiladi. Demak, 3-4 iyul kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va faoliyatini takomillashtirish holati va istiqbollarini muhokama qilishadi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashiladi. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolanadi. ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240701/sco-sammit-yangi-xavfsizlik-paradigma-44607858.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/03/44646656_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fb46a0538e443c36461151649a2386bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, rossiya, qozog‘iston, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), vladimir putin, qasim-jomart toqayev, shavkat mirziyoyev
siyosat, rossiya, qozog‘iston, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), vladimir putin, qasim-jomart toqayev, shavkat mirziyoyev
Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi
10:16 03.07.2024 (yangilandi: 10:45 03.07.2024) Aeroportda Vladimir Putinni Qozog‘iston bosh vaziri kutib oldi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi. Aeroportda Vladimir Putinni Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov kutib oldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston hukumat matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Putin ertaga boshlanadigan tashkilot sammitida ishtirok etadi. Bugun esa Ostonaga kelgan va kelayotgan davlat rahbarlari ikki tomonlama muzokaralar olib boradi. Rossiya yetakchisi Qozog‘iston, Xitoy, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon yetakchilari va Pokiston bosh vaziri bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Qayd etilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi ham Ostonaga yetib kelgan.
Sammitda tashkilotga a’zo davlatlar, shuningdek, ShHTdagi hamkor va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Bu galgi sammit boshqalaridan tashkilotga yangi ishtirokchi – Belarus Respublikasi kelishi bilan ajralib turadi. Aleksandr Lukashenko tashkilotga a’zo bo‘lish istagini ikki yil avval ma’lum qilgan va Ostonadagi sammit Belarus uchun yangi maqomdagi birinchi sammit bo‘ladi.
Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ostonadagi sammitda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi, mavjud chaqiriq va tahdidlarga adekvat va o‘z vaqtida javob berish tashabbuslari ishlab chiqiladi.
Demak, 3-4 iyul kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va faoliyatini takomillashtirish holati va istiqbollarini muhokama qilishadi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashiladi. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolanadi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona
shahrida bo‘ladi.