https://oz.sputniknews.uz/20240703/uzbekistan-oquvchi-xotira-poezd-minsk-44652142.html
O‘zbekistonlik o‘quvchilar “Xotira poyezdi”da Minskka yetib borishdi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar “Xotira poyezdi”da Minskka yetib borishdi
Sputnik O‘zbekiston
Loyihaning maqsadi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari maktab o‘quvchilarini Ulug‘ Vatan urushi tarixi bilan tanishtirishdan iborat.
2024-07-03T14:29+0500
2024-07-03T14:29+0500
2024-07-03T14:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
belarus
xotira
o‘quvchilar
minsk
mdh
ikkinchi jahon urushi
ulug‘ vatan urushi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/03/44652672_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d98f8d4d174c6102a6deda697afd2eb1.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sakkizta mamlakat maktab o‘quvchilari “Xotira poyezdi” orqali Minskka yetib kelishdi, deb xabar berdi Sputnik Belarus. Poyezdda Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistondan o‘quvchilar kelgan. Hammasi bo‘lib - taxminan 200 kishi. Bugun poytaxt mehmonlari Belarusning fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 80-yilligi munosabati bilan harbiy paradni tomosha qilishdi. Tadbir dasturidan shahar bo‘ylab ekskursiya, Ulug‘ Vatan urushi muzeyi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘quv markazi, Milliy kutubxona va “Stalin chiziqlari”ga tashrif buyurish o‘rin olgan. Bu yil ikki qavatli poyezd Belarus va Rossiyaning ko‘plab shaharlaridan o‘tadi. Ular orasida: Minsk, Polosk, respublikaning viloyat markazlari, Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek, Aleksandriya qishloq xo‘jaligi shaharchasi. Ikki hafta ichida maktab o‘quvchilari Rossiyaning yetti viloyati va Belarusning olti viloyatiga tashrif buyurishadi. Loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining o‘rta maktab o‘quvchilarini Ulug‘ Vatan urushi tarixi bilan tanishtirish va ularga harbiy shon-sharaf maskanlarini ziyorat qilish imkoniyatini berishdan iborat.
o‘zbekiston
belarus
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/03/44652672_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_12557d3730086c21f99bb44809dd9408.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ulug‘ vatan urushi “xotira poyezdi”
mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ulug‘ vatan urushi “xotira poyezdi”
O‘zbekistonlik o‘quvchilar “Xotira poyezdi”da Minskka yetib borishdi
Loyihaning maqsadi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari maktab o‘quvchilarini Ulug‘ Vatan urushi tarixi bilan tanishtirishdan iborat.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sakkizta mamlakat maktab o‘quvchilari “Xotira poyezdi” orqali Minskka yetib kelishdi, deb xabar berdi
Sputnik Belarus. Poyezdda Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistondan o‘quvchilar kelgan. Hammasi bo‘lib - taxminan 200 kishi.
“Maydonda maktab o‘quvchilarini tengdoshlari tantanali ravishda bilan kutib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Bugun poytaxt mehmonlari Belarusning fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 80-yilligi munosabati bilan harbiy paradni tomosha qilishdi. Tadbir dasturidan shahar bo‘ylab ekskursiya, Ulug‘ Vatan urushi muzeyi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘quv markazi, Milliy kutubxona va “Stalin chiziqlari”ga tashrif buyurish o‘rin olgan.
Bu yil ikki qavatli poyezd Belarus va Rossiyaning ko‘plab shaharlaridan o‘tadi. Ular orasida: Minsk, Polosk, respublikaning viloyat markazlari, Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek, Aleksandriya qishloq xo‘jaligi shaharchasi. Ikki hafta ichida maktab o‘quvchilari Rossiyaning yetti viloyati va Belarusning olti viloyatiga tashrif buyurishadi.
Loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining o‘rta maktab o‘quvchilarini Ulug‘ Vatan urushi tarixi bilan tanishtirish va ularga harbiy shon-sharaf maskanlarini ziyorat qilish imkoniyatini berishdan iborat.