Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi
Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.
"O‘zbekiston yetakchisi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi", — deyiladi matbuot xizmati xbarida.
Sammitda tashkilotga a’zo davlatlar, shuningdek, ShHTdagi hamkor va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Bu galgi sammit boshqalaridan tashkilotga yangi ishtirokchi – Belarus Respublikasi kelishi bilan ajralib turadi. Aleksandr Lukashenko tashkilotga a’zo bo‘lish istagini ikki yil avval ma’lum qilgan va Ostonadagi sammit Belarus uchun yangi maqomdagi birinchi sammit bo‘ladi.
Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ostonadagi sammitda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi, mavjud chaqiriq va tahdidlarga adekvat va o‘z vaqtida javob berish tashabbuslari ishlab chiqiladi.
Demak, 3-4 iyul kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va faoliyatini takomillashtirish holati va istiqbollarini muhokama qilishadi. Xalqaro va mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashiladi. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi va boshqa qo‘shma hujjatlar imzolanadi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Eron, Hindiston va Pokiston qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
Yangiliklar lentasi
0