Rossiya mudofaa vaziri MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi raisi etib saylandi

© Yan Gorbanyuk, "Vayar"Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov
Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2024
Obuna bo‘lish
Minskdagi Kengash yig‘ilishida Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi raisi etib saylandi. Bu qaror Minskda bo‘lib o‘tgan MDH Vazirlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilindi.
Minskda o‘tayotgan Kengash yig‘ilishida Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikning bir qator masalalari, jumladan, 2030-yilgacha radiatsiyaviy, kimoviy va biologik vaziyatni monitoring qilish va baholashning yagona tizimini ishlab chiqish, MDH davlatlari qurolli kuchlarining Birlashgan aloqa tizimining faoliyatini, Hamdo‘stlik mamlakatlari qurolli kuchlarining 2025-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarini muhokama qilmoqda.
Belousovning so‘zlariga ko‘ra, Hamdo‘stlikka raislik davrida Rossiya yangi va an’anaviy chaqiriqlarga birgalikda qarshi turish mexanizmlarini takomillashtirishni ustuvor vazifa deb biladi.
“Global beqarorlik va Hamdo‘stlik tashqi chegaralari perimetri bo‘ylab keskinlik kuchaygan bir sharoitda biz yangi va an’anaviy chaqiriq va tahdidlarga birgalikda qarshi turish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat beramiz. Bu bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir”, — dedi Belousov.
Uning ta’kidlashicha, iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyoda teng va bo‘linmas xavfsizlik, o‘zaro manfaatli, teng huquqli hamkorlik va taraqqiyot arxitekturasini shakllantirish zarurligini e’lon qilgan.
"Gap faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladigan va istisnosiz barcha Yevroosiyo mamlakatlari uchun ochiq bo‘lgan kelajak xavfsizlik tizimi haqida ketmoqda", — deya ta’kidladi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevrosiyoda tashkil etilgan Ittifoq davlati, KXShT, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, MDH va ShHT kabi ko‘p tomonlama xalqaro tashkilotlar bunda muhim rol o‘ynaydi”.
“Biz ushbu integratsiya tuzilmalarining faolligi va nufuzini oshirish, ular o‘rtasida xavfsizlik sohasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratmoqdamiz”, — deya ta’kidladi u.
MDH davlatlari harbiy idoralari rahbarlari yig‘ilishda qo‘shma harbiy tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishdi. Ular Mudofaa vazirlari kengashining 2030-yilgacha MDH mamlakatlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirishga konseptual yondashuvlar, axborot xavfsizligi sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat bo‘yicha Hamdo‘stlik davlatlarining bazaviy tashkilotini yaratish, shuningdek, kadrlar va moliyaviy masalalarga oid.
U 30-yildan ortiq vaqt davomida MDH o‘ziga a’zo davlatlarning do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikka sodiqligini namoyon etib kelayotganini, shu bilan birga xavfsizlik masalalari Mudofaa vazirlari kengashining doimiy e’tiborida ekanini qayd etib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0