Anons: mutaxassislar Qozog‘istondagi ShHT sammiti natijalarini muhokama qilishadi
10:00 03.07.2024 (yangilandi: 11:33 03.07.2024)
Obuna bo‘lish
Muloqotda ShHTning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishdagi o‘rni, tashkilotni yanada kengaytirish istiqbollari, ishtirokchi davlatlar qanday muammolar va tahdidlarga duch kelayotgani haqida so‘z boradi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Shu yilning 5-iyul kuni 13:00da Moskva-Ostona-Minsk-Bishkek-Toshkent videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tadi. Unda mutaxassislar Qozog‘istondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti natijalarini muhokama qilishadi.
Muloqot quyidagi mavzularni qamrab oladi:
ShHTning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishdagi o‘rni qanday?
Tashkilotni yanada kengaytirish istiqbollari qanday?
Ishtirokchi davlatlar qanday muammolar va tahdidlarga duch kelmoqda?
ShHT keyingi islohotlarni kutadimi va nega “yovuzlikning uch kuchi” deb ataladigan kuchga qarshi kurash “tashkilot hamkorligining doimiy markazi” bo‘lib qolishi kerak?
Ma’lumot uchun, 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston raisligida Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 16 ta davlat, xususan, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Eron davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Bo‘lajak sammitda Belarusning ShHTga qo‘shilishi bo‘yicha qaror qabul qilish rejalashtirilgan. Tashkilot bosh kotibi Chjan Mingning so‘zlariga ko‘ra, “bu tarixiy yutuq” bo‘ladi.
Tadbirda ishtirok etuvchi ekspertlar:
Moskvadan: Rossiya Dumasi MDH ishlari, Yevrosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Artom Turov, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov.
Minskdan: Belarus Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi, siyosiy ekspert Andrey Krivosheyev.
Toshkentdan: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi dotsenti Ra’noxon Tursunova.
Ostonadan: Amaliy etnosiyosiy tadqiqotlar instituti direktori Talgat Kaliyev.
Bishkekdan: iqtisodchi Nurgul Akimova.