Terrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda qanday dam olmoqda?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent viloyatining "Anor" bolalar oromgohi joylashgan so‘lim go‘shada hayotida mudhish voqealarni boshdan kechirgan bolalar va o‘smirlar hordiq chiqarib, sog‘lig‘ini tiklamoqda.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Shu kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘ziga xos muhit hukm surmoqda: "Anor" sog‘lomlashtirish oromgohi Belgorod va Bransk viloyatlari, shuningdek, “Krokus Siti Xoll”dagi fojiali voqealar paytida jabrlangan oilalar bolalari va o‘smirlarini qabul qilmoqda.
Bolalar uchun bayram aeroportdayoq boshlandi: rossiyalik bolalarni eng aziz mehmonlar sifatida kutib olishdi, darhol mazali patir va mazali mevalarni tatib ko‘rishni taklif qilishdi.
© press-slujba Federatsii profsoyuzov UzbekistanaTerrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
V Tashkentskoy oblasti otdixayut 100 detey i podrostkov iz Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Terrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.

“Bizni kutib olishganda gilos va boshqa mevalar bilan mehmon qilishdi. Pasport nazoratidan o‘tayotganimizda ularni yeb keldik”, — deydi Vladislav Smorodinov o‘z taassurotlari bilan bo‘lishib.

Yana bir kichik mehmon Timofey Yakubenko esa bu yerdagi shaftoli ta’mini butun umr eslab qolishini aytdi. Ammo kutilmagan yoqimli hodisalar shu bilan tugamadi.
Bolalar kelgan kuni ularga prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov tomonidan sovg‘alar – sport kostumlari, krossovkalar va planshetlar bilan to‘ldirilgan rukzaklar topshirildi.
Shuningdek, bolalar o‘z yaqinlari bilan bog‘lanishlari, ular qanday yetib kelgani, qanday kutib olingani haqida gapirishlari va, albatta, birinchi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin bo‘lishi uchun SIM-kartalar bilan ham darhol ta’minlanishdi.
Taassurotlar esa har bir bolaning ichini to‘ldirib turgan edi. "Uyga qaytganimizda, bir hafta yoki undan ko‘proq vaqt davomida taassurotlarimizni gapirib beramiz!" – deya tan oldi Mariya Vladikova.
© press-slujba Federatsii profsoyuzov UzbekistanaTerrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
V Tashkentskoy oblasti otdixayut 100 detey i podrostkov iz Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Terrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
Oromgohda bolalar uchun juda qiziqarli va rang-barang dastur tayyorlangan. "Anor" BSO direktori O‘lmas Mo‘minov ta’kidlaganidek, ular to‘garaklarda tahsil oladi, chet tillarini o‘rganadi, basseynda suzadi, kutubxona va kompyuter sinfida foydali vaqt o‘tkazadi. Bundan tashqari, bolalar uchun diskotekalar, sport musobaqalari va tanlovlar, jumladan, turli mavzularda videoroliklar tashkil etiladi.
Shuningdek,O‘zbekistonning eng go‘zal shaharlaridan biri bo‘lgan, butun dunyodan kelgan sayyohlar borishga intilayotgan Samarqandga bir kunlik sayohat ham dasturda o‘rin olgan.
© press-slujba Federatsii profsoyuzov UzbekistanaTerrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
V Tashkentskoy oblasti otdixayut 100 detey i podrostkov iz Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Terrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
Bolalar allaqachon Registon maydoniga tashrif buyurib, Amir Temur hayoti bilan tanishishdi.
“Umid qilamizki, bolalar bir-biriga doim yordam berish kerakligini tushunishadi. O‘zbekiston biz uchun qiyin vaziyatda Rossiyaga yordam qo‘lini cho‘zganidek, farzandlarimiz ham kimgadir qiyin paytda qo‘lini cho‘zishni va ularning yordam qo‘llari qanchalik ahamiyatli ekanligini tushunib yetishadi”, – dedi Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Anastasiya Anisimova.
© press-slujba Federatsii profsoyuzov UzbekistanaTerrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
V Tashkentskoy oblasti otdixayut 100 detey i podrostkov iz Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Terrorizmdan jabr ko‘rgan rossiyalik 100 nafar bola O‘zbekistonda dam olmoqda.
Shu vaqt ichida bolalar oz bo‘lsada o‘zbek tilini o‘rgana oldilarmi? Yosh mehmonlardan birini Toshkent bilan nima bog‘laydi va sayohatning eng esda qolarlisi nima bo‘ldi?
Bolalarning eng yorqin taassurotlari – Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0