Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammitida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv-chlenov ShOS.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv-chlenov ShOS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Sammit kun tartibidan ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.
“Yig‘ilish yakunida Ostona deklaratsiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Flagi ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2024
ShHT sammiti dunyoni yangi xavfsizlik paradigmasini qabul qilishga chaqiradi
Yangiliklar lentasi
0