O‘zbekiston xavfli chiqindilarni xorij tajribasi asosida boshqarmoqchi

© Sputnik/Anna JelixovskayaSbor i pererabotka otxodov
Sbor i pererabotka otxodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Obuna bo‘lish
Respublikada plastik chiqindilar hosil bo‘lishi yuzasidan xatlov ishlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston plastik, ishlatilgan avtoshinalar, akkumulyator, elektron va tibbiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
© Ministerstvo ekologii Izuchayetsya zarubejniy opit upravleniya opasnimi otxodami
Izuchayetsya zarubejniy opit upravleniya opasnimi otxodami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Izuchayetsya zarubejniy opit upravleniya opasnimi otxodami
Ekologiya vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi bosh direktor o‘rinbosari Timurlan Aytmuratov Jenevada bo‘lib o‘tgan "Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida" Bazel konvensiyasi ochiq ishchi guruhining 14-yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbirdan maqsad elektron chiqindilar, chiqindi qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlar, ishlatilgan va chiqindi pnevmatik shinalar bo‘yicha texnik ko‘rsatmalarni qayta ko‘rib chiqish hamda Bazel konvensiyasi hamkorlik dasturini muhokama qilishdan iborat.
“Tadbirda Bazel konvensiyasi ijrochi kotibi bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekistonda plastik chiqindilarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar haqida fikr almashildi. Shuningdek, konvensiya doirasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga ham e’tibor qaratildi, boshqa mamlakatlarning xavfli chiqindilarni boshqarish sohasidagi ilg‘or tajribalari o‘rganildi”, — deyiladi xabarda.
© Ministerstvo ekologii Izuchayetsya zarubejniy opit upravleniya opasnimi otxodami
Izuchayetsya zarubejniy opit upravleniya opasnimi otxodami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Izuchayetsya zarubejniy opit upravleniya opasnimi otxodami
O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
Seminar doirasida O‘zbekistonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Bazel konvensiyasi bo‘yicha konferensiyalar doirasida qabul qilingan texnik ko‘rsatma va tavsiyalardan kelib chiqib, Ekologiya vazirligi tomonidan amaldagi milliy meyoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish, jumladan, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekistonda plastik chiqindilar hosil bo‘lishi yuzasidan xatlov ishlarini tashkil etish, mahalliy konsultantlarni jalb qilgan holda milliy qonunchilikni ko‘rib chiqish va plastik chiqindilarni boshqarish sohasida mavjud holat, muammo va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha hisobot loyihasi tayyorlash;
Plastik, ishlatilgan avtoshinalar, akkumulyator, elektron va tibbiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik madaniyat va dunyoqarashni yuksaltirish, ta’lim tizimlarida mazkur sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Chiqindini qanday qilib foydali qilish mumkin: hamma uchun kerakli layfxak
O‘zbekistonda chiqindini saralab topshirganlarga pul to‘lanadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2024
O‘zbekistonda chiqindilarni saralab topshirish orqali pul ishlash mumkin — video
Yangiliklar lentasi
0