JSST: Dunyoda vaboga chalinish ko‘rsatkichi 58 foizga oshdi

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishEmblema Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya na dverax shtab-kvartiri v Jeneve
Emblema Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya na dverax shtab-kvartiri v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Obuna bo‘lish
Epidemiya o‘choqlari 19 mamlakatda qayd etilgan.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Dunyoda vaboga chalinish ko‘rsatkichi 58 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib xabar berdi.
JSST bayonotiga ko‘ra, so‘nggi oylarda dunyoning qator mintaqalarida vabo epidemiyasi keskin kuchaya boshladi. Xususan, may oyida 46 mingdan ortiq kishiga ushbu xavfli kasallik tashxisi qo‘yilgan va bu aprel oyiga nisbatan 58 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.
“Epidemiya o‘choqlari 19 mamlakatda qayd etilgan. May oyida ro‘yxatga olingan bemorlar soni – 46,4 ming nafardan ziyod. Ularning 185 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan”, — deyiladi xabarda.
Yuqori o‘sish sur’ati asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Afg‘onistonda 13 ming nafardan ortiq, Pokistonda esa 13 mingga yaqin yangi holat qayd etilgan.

“Umuman, joriy yil boshidan buyon sayyoramiz bo‘yicha qariyb 195 ming odam ushbu xastalikni yuqtirgani aytilmoqda.Epidemiya qurbonlari soni 1,9 ming nafardan oshgan”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Shu sababli JSST vaboning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfini yuqori deb baholadi va 2023-yil yanvar oyidan 2024-yil mayigacha vaksinalarga bo‘lgan talab ikki barobar oshganini ma’lum qildi.
Vabo qanday kasallik?

Vabo [cholera] – ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning og‘ilashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan o‘tkir infeksion kasallik; o‘ta xavfli ichak kasalliklaridan.

Kasallik belgilari - tez-tez ich ketishi, qusish, harorat pasayishi, mushaklarning tirishishi, yurak urishining susayishi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0